Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi vazifasida işlab kelayotgan Xalilov Umarbek Yaxşimurodoviç Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan. Kun.uz manbasi uşbu ma’lumotni tasdiqladi.

Umarbek Xalilov 2019 yilning 12 martidan Nurota tumani hokimi bölib işlab kelayotgandi. U 2017 yilning aprelidan 2018 yilning mayigaça Navoiy şahri hokimi, 2018 yilning may oyidan 2019 yil martgaça Boş prokuratura huzuridagi Agroinspeksiya rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Umarbek Xalilov 1977 yilda Nurota tumanida tuğilgan. 1999 yilda Toşkent davlat universitetini tamomlagan.

2021 yilning 30 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yalpi majlisida Narzullo Oblomurodov nomzodi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi lavozimiga ma’qullangandi.