Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qon shahrida «Moskvich»da yong‘in kelib chiqdi
Yo‘l chekkasiga qo‘yilgan avtomobilning motor qismida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 31 yanvar kuni soat 13:02 lar atrofida Qo‘qon shahar Charxiy ko‘chasida yo‘l chetida turgan, fuqaro I.D.ga tegishli bo‘lgan «Moskvich» avtomashinasining motor qismida yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Yong‘in tegishli kuch vositalar yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan. Mazkur holat Qo‘qon shahar IIO FMB hamda FVB xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona shahrida Spark va Trailblazer to‘qnashuvi oqibatida Spark avtomashinasida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
19:19 / 23.05.2026
Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
17:57 / 17.05.2026
Jizzaxdagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
15:24 / 17.05.2026
Piskentda yuk mashina tirkamasi yonib ketdi
13:45 / 17.04.2026