Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Spark va Trailblazer to‘qnashuvidan so‘ng avtomobillardan birida yong‘in chiqdi
Farg‘ona shahrida Spark va Trailblazer to‘qnashuvi oqibatida Spark avtomashinasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 28 yanvar kuni soat 23:05 larda Farg‘ona shahri S.Temur ko‘chasida, 1991 yilda tug‘ilgan R.A. Trailblazer avtomobilini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1996 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Spark avtomobilining old qismida yong‘in kelib chiqqan. Haydovchi S.A. chap oyoq boldir suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ikki avtomobil ishtirokida sodir to‘lgan to‘qnashuvda Nexia avtomobilida yong‘in kelib chiqqani, Nexia haydovchisi T.E. yong‘in oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
10:48 / 13.07.2026
Kafedagi janjal o‘lim bilan tugadi. Aybdor bittami yo bir nechta?
12:53 / 24.06.2026
“Nogironligi bor bolalarimizni sarson qilishyapti” – Farg‘onadagi Muruvvat uyida maxsus guruh yopildi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
09:58 / 02.03.2026