Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvadagi bozorda 25 ta kiyim-kechak do‘koni yonib ketdi
Quva savdo kompleksida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.
Bugun, 1 fevral kuni soat 06:23 da Farg‘ona viloyati, Quva tumani «G‘alaba» MFY, Bo‘ston ko‘chasida joylashgan Quva savdo kompleksida (bozor) taxminan 25 ta kiyim-kechak do‘konining tomi, shifti va ichki qismi yongan.

Yong‘in o‘chirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:27 da yetib borib, yong‘in soat 07:10 da qurshab olinib, soat 07:37 da o‘chirildi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.


Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVBlari rahbar xodimlari va 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.