Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni ma’lum qilindi
O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan kasallanganlar soni va bu kasallik haqidagi ba’zi ma’lumotlar ochiqlandi, deb yozmoqda O‘zA.
Foto: Getty Images
Nashr xabariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada 45 ming nafar odamlar OIV infeksiyasi bilan yashab kelmoqda.
Qayd etilishicha, ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga to‘lmagan bolalar tashkil etadi.
OIV infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqoriligi ichki migratsiya hamda aholi soni ko‘pligi hisobiga Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
2019 yilning noyabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligining sobiq direktori, bosh davlat sanitariya vrachi Bahrom Almatov O‘zbekistonda har yili 4000 dan ortiq odamda OITS aniqlanishini aytgan edi.
Avvalroq, Buxoroda fohisha ayol qirqqa yaqin erkakka OITS yuqtirgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:22 / 14.01.2026
In’yeksiyadan infeksiyagacha: kosmetologiyada gigiyena muammosi nimaga olib kelyapti?
16:17 / 09.09.2025
Kuzda shamollash xavfi: kunduzi iliq, tong va tunda sovuq bo‘ladigan havoda organizmni qanday himoyalash zarur?
12:26 / 09.08.2025
Rossiyada OIV-bemorlar tekshiruv bo‘yicha rad javoblaridan shikoyat qildi
21:29 / 01.08.2025