Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha ukrainalik qochqinlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda
Ma’lum qilinishicha, Polsha hududida Ukrainaning kamida bir million nafar fuqarosi doimiy ravishda yashaydi.
Polsha urush yuz bergan taqdirda Ukrainadan ommaviy ravishda qochqinlar o‘tishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Polsha milliy xavfsizlik byurosi rahbari Pavel Solox ma’lum qildi.
«Prezident bu masala bo‘yicha hukumat bilan maslahatlashmoqda, vazirlar mahkamasi bu holat bilan bog‘liq harakatlarni tayyorlamoqda. Ommaviy ravishda qochqinlar o‘tishi variantini e’tiborga olishimiz shart», — dedi Solox.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha hududida Ukrainaning kamida bir million nafar fuqarosi doimiy ravishda yashaydi.
Oxirgi vaqtda ommaviy axborot vositalarida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqida tez-tez aytilmoqda. Rossiya bu iddaolarni rad etib kelmoqda.
Mavzuga oid
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
21:30 / 09.07.2026
Ukraina Azov dengizida Rossiyaning 20 dan ortiq kemasiga zarba berdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
20:36 / 09.07.2026