O‘zbekiston | 07:32 / 02.02.2022
5151
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi 3 ta tumanda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: Getty Images

Toshkent shahrining Uchtepa, Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida ta’mirlash ishlari tufayli tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Uchtepa tumani Algoritm mavzesida joylashgan yer usti o‘rta bosimli D-57 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Yer osti gaz quvurlari xizmati» tomonidan rejalashtirilgan. 

Shu sababli, 2022 yil 2 fevral kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha ushbu manzildagi 50 ta aholi xonadonlarida hamda 1 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yangihayot tumani Uzar ko‘chasida joylashgan yer osti o‘rta bosimli D-159 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. 

Shu sababli, 2022 yil 2 fevral kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Uzar ko‘chasidagi 45 ta ko‘p qavatli uylardagi 2520 ta xonadonda hamda 4 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumani Daryo bo‘yi mahallasidan o‘tgan o‘rta va past bosimli gaz quvurlarida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari «Sergelitumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan rejalashtirilgan.

2022 yil 2 fevral kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha ushbu mahalladagi 1199 ta xonadonda hamda 115 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid