Jamiyat | 19:19 / 06.02.2022
2130
1 daqiqa o‘qiladi

Taxtaqoracha dovonida transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Taxtaqoracha dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilgan. Bunga qalin qor yog‘ayotgani va noqulay ob-havo sabab bo‘lgan.

«Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovonida qalin qor yog‘ganligi sababli, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun 2022 yil 6 fevral kuni mazkur dovonda kuchli qor yog‘ayotgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Taxtaqorachadan o‘tgan yo‘l M39 Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining bir qismi hisoblanadi.

Mavzuga oid