Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob-havo şaroiti tufayli dovon vaqtinça yopilganini ma’lum qildi.
«6 fevral kuni soat 11:00 dan Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanidan ötgan M-39 avtomobil yölining Taxtaqoraça dovoni avtomobillar harakati uçun vaqtinça yopildi.
Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegişli taşkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş borasida keng kölamli profilaktik işlar amalga oşirilmoqda. Taxtaqoraça dovonining qayta oçilişi böyiça FVV matbuot xizmati qöşimça ma’lumot taqdim etadi», deyiladi xabarda.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati haydovçilardan qoidalarga rioya qilişlarini sörab, zarurat bölmasa, dovon yölida transport vositasida harakatlanmaslikni tavsiya qilgan.
Eslatib ötamiz, «Özgidromet» yakşanba kuni toğoldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkinligini, toğli avtomobil yöllarda qor uyumlari va köriniş yomonlaşişi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

















