O‘zbekiston | 11:03 / 07.02.2022
19399
2 daqiqa o‘qiladi

Zoyir Mirzayevga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Bugun, 7 fevral kuni xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tanishtirildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sessiyada qatnashgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ish boshlaganini ma’lum qildi.  

Bu lavozimga shu vaqtga qadar Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Xolmirza Niyozov tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvaridan dekabriga qadar Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Avvalroq, Oqqo‘rg‘on tumani hokimi Farhod Omonov Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - viloyat hokimining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangandi.

Mavzuga oid