Qaşqadaryo viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Obloyor Boymirov lavozimidan ozod etildi. Qaşqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, Uluğbek Uzoqov viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Muqaddam Qaşqadaryo viloyati qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari bölgan Obloyor Boymirov 2019 yil kuzida, viloyatga Zoyir Mirzayev rahbar bölganida uning qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.
Uluğbek Uzoqov 1969 yil Toşkent viloyatida tuğilgan. Toşkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Köp yillar davomida Vazirlar Mahkamasi qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi masalalari axborot-tahlil departamenti boşliği bölib işlagan Uzoqov 2016 yilda Jizzax viloyatiga hokim bölgan, 2017 yil kuzida paxta yiğimi mavsumida qöşib yozişga yöl qöyişda ayblanib, viloyat hokimligidan olingan va viloyatning Döstlik tumani hokimligiga tuşirilgandi.
U 2021 yil yanvarida, Toşkent viloyatiga Davron Hidoyatov rahbar bölib kelganida unga örinbosarlikka (Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga) ötkazilgandi.
- Ma'lumot uçun, ayni vaqtda Davron Hidoyatov viloyat hokimi lavozimidan olinişi kutilmoqda. Uning örnini 2019 yildan buyon Qaşqadaryo viloyatini boşqarib kelgan Zoyir Mirzayev egallaydi.
- Bungaça Qaşqadaryo viloyatiga Davlat bojxona qömitasi raisi Murodjon Azimov yangi hokim etib tayinlangandi.

















