Toşkent viloyati hokimligi xabariga köra, sessiyada taşkiliy masala körildi. Sessiyada kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Zoyir Mirzayev ma’ruza qildi.

Viloyat rahbari öz ma’ruzasida Oqqörğon tumanini 2022-2026 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasidagi vazifalar, xususan, Taraqqiyot strategiyasidan kelib çiqib alohida e’tibor beriş lozim bölgan ustuvor yönalişlarga töxtaldi.

Şu vaqtga qadar Oqqörğon tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Farhod Omonov Toşkent viloyati Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining örinbosari - viloyat hokimining keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçisi etib tayinlanişi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.