Jahon | 19:41 / 07.02.2022
3844
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyadagi kompaniya Google’dan 2,1 mlrd yevro kompensatsiya talab qildi

Kompaniya YeI komissiyasining qarorini bajarmaslik va "o‘z ustunligini suiiste’mol qilish"da ayblanmoqda.

Foto: Getty Images

Shvetsiyaning narxlarni solishtiruvchi PriceRunner servisi Google kompaniyasini 2,1 mlrd yevro kompensatsiya talab qilib sudga berdi

"Biz Google bir necha yil davomida yetkazgan zarar uchun kompensatsiya olmoqchimiz va bu sud jarayonini Google kompaniyasi o‘n to‘rt yil davomida raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzib kelgani uchun jabrlangan iste’molchilar uchun kurash deb bilamiz", - dedi PriceRunner bosh direktori Mikael Lindal.

Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, Google Yevropada monopoliyachi hisoblanadi.

Kompaniya shuningdek, YeI komissiyasining qarorini bajarmaslik va "o‘z ustunligini suiiste’mol qilish"da ayblanmoqda.

Avvalroq Google YeIning 2,42 mlrd yevro jarima to‘lash to‘g‘risidagi qaroriga nisbatan apellyatsiya berib yutqazgan, ammo yanvarda ikkinchi marta apellyatsiya bergandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid