Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlik bo‘yicha bir nechta jinoyat turi bir jinoyat sifatida baholanadi
“Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha orqali ayblanuvchi firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish maqsadida bir qancha usullardan foydalanib (soxtalashtirish, pora berishga da’vat qilish) sodir etgani holati bir nechta jinoyat sifatida baholash amaliyoti bekor qilinib, mazkur qilmishga bir jinoyat sifatida baho beriladi.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ga bir qancha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda:
- ikkinchi qismi v) bandini «telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan yoki elektron to‘lov vositalaridan foydalanib» mazmunida bayon etish;
- ikkinchi qismini «hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilashtirib yoki ularning qalbaki ekanligini bila turib, foydalanib» mazmunidagi g) band bilan to‘ldirish;
- uchinchi qismini «mansab soxtakorligi yo‘li bilan» mazmunidagi g) band bilan to‘ldirish;
- to‘rtinchi qismini «pora berishga dalolat etgan holda» mazmunidagi g) band bilan to‘ldirish;
- beshinchi qismini “qo‘llanilmaydi” degan so‘zdan keyin “bundan pora berishga dalolat etgan holda sodir etilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirish;
- bildirilishicha, loyiha orqali - hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilashtirib yoki ularning qalbaki ekanligini bila turib, foydalanib, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek internetdan yoki elektron to‘lov vositalaridan foydalanib, mansab soxtakorligi yo‘li bilan hamda pora berishga dalolat etgan holda sodir etilgan firibgarlik jinoyatlari (og‘irlashtiruvchi holatda) bir jinoyat sifatida baholanib, jinoyatlar sun’iy oshirib ko‘rsatilishi oldi olinadi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.06.2026
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
16:35 / 23.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun “chiqish eshiklari” toraydi
18:38 / 19.06.2026
O‘zini Bosh prokuratura xodimi deb tanishtirgan shaxs milliardlab so‘mlik firibgarlikda gumonlanmoqda
13:30 / 16.06.2026