Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyevning ukasi To‘qayev tashkil etgan fondga 1 mlrd tenge o‘tkazdi
Avvalroq Nursulton Nazarboyev fondi «Qazaqstan xalqina» fondiga 500 mln tenge o‘tkazgan.
Bolat Nazarboyev / Foto: saliqaly.kz
Qozog‘iston birinchi prezidentining ukasi Bolat Nazarboyevga qarashli fond «Qazaqstan xalqina» fondiga 1 mlrd tenge (2 mln 345 ming dollar) o‘tkazdi. ushbu fond Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan tashkil etilgan.
«Saliqali Ұrpaq» fondi nomidan yanvardagi fojialar qurbonlariga ta’ziya bildiramiz. Mamlakat uchun qiyin bo‘lgan hozirgi vaqtda biz davlat rahbari atrofida birlashishimiz va Qozog‘iston xalqiga yordam berishimiz shart», — deyiladi Nazarboyev fondi xabarida.
Bolat Nazarboyevning «Saliqali ұrpaq» fondi 2016 yilda tashkil etilgan. Uning maqsadi xayriya ishlari va ijtimoiy loyihalarga qaratilgan.
Xabar qilinishicha, avvalroq Nursulton Nazarboyev fondi «Qazaqstan xalqina» fondiga 500 mln tenge o‘tkazgan.
To‘qayev 11 yanvar kuni xayriya fondi tashkil etishni taklif qilgandi.
Fond saytida berilgan ro‘yxatda 1 mlrd tengedan ortiq pul o‘tkazgan 12 tuzilma va undan kamroq mablag‘ o‘tkazgan yuzdan ortiq kompaniya nomi keltirilgan. Eng ko‘p mablag‘ni (30 mlrd tenge) Eurasian Resources Group kompaniyasi o‘tkazgan.
Mavzuga oid
21:18 / 19.05.2026
To‘qayev Qozog‘istonni Oltin O‘rda vorisi deb e’lon qildi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
12:10 / 15.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi
10:37 / 15.05.2026