Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga keldi
Bir kun avval Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazgandi.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Bu haqda Birlashgan Qirollikning Moskvadagi elchixonasi xabar berdi.
Uolles rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan muzokara o‘tkazadi.
Britaniya OAVning ma’lumot berishicha, Uolles Shoygu bilan uchrashuvda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi hech kim g‘alaba qozonmaydigan qadam bo‘lishi haqida ogohlantiradi.
10 fevral kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazgandi.
Lavrov Britaniya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralarni «kar va soqovning suhbati» deb atadi.
Mavzuga oid
19:31 / 14.06.2026
Buyuk Britaniya Rossiya «yashirin floti» tankerini qo‘lga oldi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026