Jahon | 16:57 / 10.02.2022
16909
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Britaniya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralarni «kar va soqovning suhbati» deb atadi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Rossiya TIV

Rossiya-Britaniya muzokaralari borgan sari hafsalani pir qilmoqda va «kar bilan soqovning suhbati»ni eslatmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass bilan o‘tkazilgan muzokaraga ana shunday ta’rif berdi.

«Rostini aytsam, kar bilan soqov suhbatlashgandek bo‘lgani hafsalamni pir qildi. Go‘yoki quloq solayotgandekmiz, lekin hech narsani eshitmayapmiz», — dedi u.

10 fevral kuni Sergey Lavrov Moskvada Liz Trass bilan muzokara o‘tkazdi.

Liz Trassning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga bosqin uzoq davom etadigan nizoga aylanishi mumkin.

"Agar Ukrainaga bostirib kirilsa, bu bosqin darhol muvaffaqiyat bilan yakunlanmaydi, u uzoq davom etadigan nizoga aylanishi mumkin", - dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid