Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Putinni yana bir bor ogohlantirdi
AQSh va Rossiya prezidentlarining suhbati qariyb bir soat davom etdi. AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbini deeskalatsiya va diplomatiyaga chaqirdi.
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Reuters.
Bayden Putinni Ukrainaga «bostirib kirish»ni davom ettirish Moskva uchun jiddiy oqibatlarga va Rossiyaning pozitsiyasi zaiflashishiga olib kelishi haqida ogohlantirdi, deb ma’lum qildi Oq uy.
Shuningdek, AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbini deeskalatsiya va diplomatiyaga chaqirgan.
Ikki davlat prezidentlarining suhbati qariyb bir soat davom etgan. Kremlning bildirishicha, muloqot o‘tkazish haqida Vashington iltimos qilgan. Reuters manbasining so‘zlariga ko‘ra, Moskva dushanba kuni prezidentlar o‘rtasida suhbat o‘tkazishni so‘ragan, ammo Vashington suhbat shanba kuni o‘tkazilishini taklif qilgan. Rossiya bu taklifga rozi bo‘lgan.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi istalgan vaqtda boshlanishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
22:26 / 15.01.2026