Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida xalqaro shartnoma kuchga kirdi
10 fevral kuni O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida 2013 yil 5 noyabr kuni Madrid shahrida imzolangan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tashqi ishlar vazirligi Huquqiy departamentining ma’lum qilishicha, hujjat uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, narkotik va qurol-yarog‘ savdosi, iqtisodiy va axborot texnologiyalari jinoyatlari, korrupsiya hamda boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni tartibga solishga qaratilgan.
Ushbu shartnoma 2014 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan.
Mavzuga oid
10:58
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
14:37 / 25.01.2026
Surxondaryoda Tojikiston fuqarosi qarz uchun garovga olingani ma’lum bo‘ldi
18:13 / 24.01.2026