Prezident avtomobillarni ko‘proq ichki bozorga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berdi
O‘zbekiston Milliy mashinasozlik klasteri tashkil etiladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston mashinasozlik sanoatida ichki talabdan kelib chiqib 2022 yilda 410 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni mashinasozlik sanoati istiqbollariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Yig‘ilishda bu raqam tarmoqdagi mavjud imkoniyatlarga nisbatan ancha kamligi ta’kidlandi.
Shu bois avtomobillarni ko‘proq ichki bozorga yo‘naltirib, butlovchi qismlar hisobiga yillik eksportni 500 million dollarga yetkazishga ko‘rsatma berildi.
Bunda Rossiya va Qozog‘istonning yirik savdo tarmoqlari orqali butlovchi qismlar sotish tajribasini boshqa davlatlarda ham yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Yig‘ilishda sohani klaster usulida rivojlantirish kerakligi aytildi.
«Endi mashinasozlik tarmog‘ini sanoat klasteri usulida rivojlantiramiz. Buning uchun yetarli imkoniyat va salohiyatimiz bor», — deydi prezident.
Qayd etilishicha, ilm-fanga asoslanib, «injiniring – butlovchi qismlar – tayyor mahsulot – savdo va servis» yaxlit zanjiri yaratiladi. Bunda:
- 8 ta yirik mashinasozlik korxonasi (yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilar);
- butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 300 dan ziyod korxona;
- moliya, logistika, ichki va tashqi bozorlardagi savdo va servis tarmog‘i;
- Turin politexnika va Andijon mashinasozlik institutlari faoliyatini qamrab olish zarur.
Buning natijasida Milliy mashinasozlik klasteri tashkil etiladi. Ikki oy muddatda ushbu klasterni tashkil etish dasturini kiritish topshirildi.
Klasterga xorijiy investorlar va xususiy sektorni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Bundan oldinroq O‘zbekistonda avtomobil uchun oldindan to‘lov miqdori 85 foizdan 50 foizgacha pasayishi, navbatlar muammosi bartaraf etilishi, shuningdek, O‘zbekistonda import avtomobillar uchun bojxona boji 2 barobarga qisqartirilishi to‘g‘risida xabarlar berilgandi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda

19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi

16:03 / 12.07.2024