Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Nexia va Vaz-2107 o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi
Namangan viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 17 fevral kuni soat 09:30 lar atrofida “Namangan- Kosonsoy” 4R112 avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia rusumli avtomobilini Namangan-Kosonsoy yo‘nalishi tomon boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan VAZ 2106 avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada Nexia avtomobili haydovchisi “o‘ng tizza qopqog‘i” sinishi tashxisi bilan, VAZ 2106 avtomashinasi haydovchisi esa “chap boldir suyagining yopiq sinishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, VAZ 2106 avtomashinasi salonida bo‘lgan yo‘lovchi “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotkizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026