Mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 5 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:
Qashqadaryo viloyati FIB Koson tumanlararo sudining sudyasi – Erkin Eshonboboyev;
Qashqadaryo viloyati FIB Yakkabog‘ tumanlararo sudining sudyasi – Laziz Abdullayev;
Qashqadaryo viloyati FIB Chiroqchi tuman sudining raisi – Ruslan Zairov;
Qashqadaryo viloyati FIB Qarshi tumanlararo sudining sudyasi – Latofat Mahammadiyeva;
Toshkent viloyati JIB Angren shahar sudining raisi – Tolibjon Haydarov Kengash qarori bilan intizomiy jazoga tortildi.