“16 fevral voqealari” ishtirokchisi 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Bugun, 23 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida 1999 yil 16 fevralda Toshkentda yuz bergan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgan sudlanuvchi J.Yu.ga hukm e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar berdi.
Sudya B.Berdiyev tomonidan e’lon qilingan hukmga ko‘ra, J.Yu. Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm), 159-moddasi (konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish), 161-moddasi (qo‘poruvchilik), 164-moddasi (bosqinchilik), 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish), 242-moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish) hamda 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan hamda unga uzil-kesil o‘tash uchun 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Joriy yil 14 yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan U.S. xorijda ushlanib, mamlakatga olib kelinganini xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
17:48
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024