Özbekiston hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uçun 23 yildan buyon qidiruvda bölgan U.S. xorijda uşlanib, mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
1967 yil Toşkent viloyatida tuğilgan U.S. 1998 yilda Çeçenistonda jangovar tayyorgarlikdan ötib, 1999 yilning 16 fevral kuni Toşkent şahrida amalga oşirilgan qöporuvçilik harakatlarida iştirok etgan va öşa yilning mart oyida aylanma yöllar orqali xorijga çiqib ketgan.
Şuningdek, U.S. iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Çeçenistonda taşkil etilgan jangarilarni tayyorlaş lagerlariga “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik taşkilotining Özbekistondan bölgan a’zolarini jönatiş bilan ham şuğullangan.
U.S. 2001 yilning noyabr oyida boşqa şaxsning nomiga rasmiylaştirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga a’zo davlatlardan birining fuqaroligini olib, öşa mamlakat hududida yaşirinib yurgan.
Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining çet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida U.S. hibsga olindi.
Hozirda unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.








