Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy urushning birinchi kunida qancha qurbon berilganini ma’lum qildi
Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan birinchi kunda 137 nafar ukrainalik halok bo‘lgan, 316 kishi yaralangan. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Oldinroq Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi 57 kishi halok bo‘lganini xabar qilgandi. Keyinchalik yana 13 nafar ukrainalik chegarachi qurbon bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Zelenskiy esa kun yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan chiqishida qurbonlarning umumiy soni 137 nafar bo‘lganini aytdi.
«Rossiya Ukrainaning barcha hududlariga zarba berdi. Birinchi kunda 137 nafar qahramonlarimiz halok bo‘ldi», dedi Ukraina prezidenti.
Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Viktor Lyashkoning aytishicha, rossiyalik harbiylar mamlakatdagi kasalxonalarga zarba bergan, bu esa Jyeneva konvensiyasiga zid.
«Bosqinchilar xalqaro huquqqa qarshi borgan holda kasalxonalarga zarba bermoqda. Shifokorlar urushda o‘lib ketishi emas, bemorlarning hayotini saqlab qolishi kerak. Kasalxonalar, tez yordam bo‘linmalari to‘liq kuch bilan ishlamoqda. Jasur shifokorlarimiz bilan faxrlanaman. Biz albatta g‘alaba qozonamiz. Ukraina, shifokorlar sen bilan», deb yozgan Viktor Lyashko o‘z sahifasida.
Tunga borib Ukraina ichki ishlar vaziri Anton Gerashenko Zmeiniy orolidagi janglarda 13 nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lganini xabar qildi. Bu Sog‘liqni saqlash vazirligining 57 kishi o‘lgani haqidagi statistikasiga kiritilganmi yo‘qmi – aniq emas. Ichki ishlar vazirining aytishicha, Rossiya kemasi ukrainalik harbiylarga taslim bo‘lishni aytgan, ammo ular jang qilgan. Oqibatda 13 nafar Ukraina askari qurbon bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026