O‘zbekiston | 16:50 / 01.03.2022
3432
2 daqiqa o‘qiladi

Namangandagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘inga tabiiy gaz rezina shlang orqali ulanganligi hamda isitish maqsadida qo‘lda yasalgan nostandart tunuka pechdan foydalanayotganligi sabab bo‘lgan.

Foto: FVB axborot xizmati

Namangan viloyati FVB axborot xizmatining xabar berishicha, 1 mart kuni soat 14:46 da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Ozod” MFY Fidokor ko‘chasi 1-berk 2-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Kelib tushgan ma’lumotga asosan, Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in joyi o‘rab olinib, bartaraf etilgan.

Foto: FVB axborot xizmati

Yong‘in natijasida xonadonning shift va ichki qismidan 40 kv metr joyi hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib, zararlangan. Yong‘inda fuqarolarning kuyib tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.

Foto: FVB axborot xizmati

Yong‘in to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng, xonadonning yong‘inga qarshi holati o‘rganilganda, tabiiy gaz rezina shlang orqali ulanganligi hamda isitish maqsadida qo‘lda yasalgan nostandart tunuka pechkadan foydalanayotganligi aniqlangan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid