Jahon | 16:36 / 02.03.2022
7885
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim mamlakatlar norezidentlarining Rossiyadan xorijga pul jo‘natishi taqiqlandi 

Taqiq 43 mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslariga taalluqli bo‘lib, 31 martgacha amal qiladi.

Foto: iStock

Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan mamlakatlarning norezidentlari Rossiyadan xorijga pul o‘tkaza olmaydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Shu bilan birga, Rossiyaga nisbatan sanksiya joriy etmagan mamlakatlarga pul o‘tkazish imkoniyati saqlanib qoladi. Ammo o‘tkazma miqdori oyiga 5 ming dollardan oshmasligi lozim.

Ushbu taqiq 31 martgacha amal qiladi. Taqiq 43 mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslariga taalluqli bo‘lib, ular orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh hamda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritgan boshqa mamlakatlar bor.

Qayd etilishicha, bu mamlakatlar norezidentlari o‘z hisobraqamlaridagi mablag‘ni xorijda ochilgan hisobraqamlariga o‘tkaza olmaydi. 

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyadan xorijga valuta chiqarish cheklanishi to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid