Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalla raislarining oylik ish haqi miqdori belgilandi
Endilikda mahalla raislariga oylik ish haqi u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga qarab belgilanadigan bo‘ldi.
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2022 yil 1 martdagi PQ-147-son qaroriga asosan, 2022 yil 1 maydan boshlab mahalla raislarining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:
- xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 288 ming so‘m) miqdorida;
- xonadonlar soni 501 tadan 1000 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (3 mln 699 ming so‘m) miqdorida;
- xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 110 ming so‘m) miqdorida.
Shuningdek, faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, mahalla raislarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantiriladi.
Avvalroq, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etilganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
18:56 / 23.01.2026
“Og‘ir” mahallalardagi bo‘sh yerlar va davlat obektlari boshlang‘ich narxi pasaytirilib, sotuvga chiqariladi
18:52 / 23.01.2026
Davlat va mahalla o‘rtasida yangi, o‘ziga xos “ijtimoiy shartnoma” tizimi bo‘ladi – prezident
18:23 / 23.01.2026
“Og‘ir” toifadagi 903 ta mahallada 300 kilovattli kichik quyosh stansiyalari quriladi
18:21 / 23.01.2026