Mahalla masalalari böyiça vazifalar hokimlar zimmasiga yuklatiladi, hokim örinbosari lavozimi qisqartiriladi. Bu haqda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimini yangi bosqiçga kötariş va ayollarning jamiyatdagi örnini yanada yuksaltiriş va mustahkamlaş yuzasidan videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Yiğilişda prezident mahalla tizimidagi yangilanişlar haqida ham ma’lum qildi.

Xususan, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi sifatida qayta taşkil etildi. Unga rahbarlik qiliş Prezident maslahatçisi Tursinxon Xudaybergenovga yuklatildi.

«Farzandlarimiz tarbiyasida nuroniylarimizning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanişimiz zarur», dedi prezident.

Şu bois, «Nuroniy» jamğarmasi rahbari Sodiqjon Turdiyev vazirning birinçi örinbosari böladi. 

Endi mahalla tizimida ham mutlaqo yangi tizim yaratilişi qayd etilgan.

Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim örinbosari lavozimi qisqartiriladi.

Mahalla raisi öz hududida hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi va xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlaştiradi va mahallada özaro hamjihatlikda işlaşni ta’minlaydi.

Şuningdek, prezident Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi şahar va tumandan mahallaga tuşadi, mahallabay fuqarolarni qabul qilib, ularning masalalari yeçimiga yordam beradi.