Jahon | 15:26 / 02.03.2022
15103
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada gaz narxi tarixiy rekordni yangiladi

Avvalgi rekord 2021 yil dekabrda qayd etilgan, narx 2190 dollarga yetgandi.

Foto: AP

Yevropada tabiiy gaz narxi 2021 yildagi rekordni yangiladi va ming kub metr gaz 2200 dollardan oshdi. 

Niderlandiyaning TTF habida aprel oyi uchun ming kub metr gaz narxi 2226 dollarga yetdi. Chorshanba kungi savdolar ochilganidan buyon gaz 51 foizdan ortiqroqqa qimmatladi.

Bu savdolar tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Avvalgi rekord 2021 yil dekabrda qayd etilgan, narx 2190 dollarga yetgandi.

Yevropada gaz narxi Rossiyaga qarshi sanksiyalar hamda xorij kompaniyalarining Rossiyadagi loyihalardan chiqishi to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng oshmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid