Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi vatandoshlar ligasi: “Urpolvon United” g‘olib bo‘ldi (foto)
Foto: Uzbek.life
Avvalroq Buyuk Britaniyadagi o‘zbek vatandoshlarning “Sahiy” jamoatchilik tashkiloti “Sahiy Football League” uchrashuvini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.
Uzbek.life’ga ma’lum qilishlaricha, musobaqada o‘zbek vatandoshlaridan tarkib topgan jami 8 ta jamoa o‘zaro bellashdi. O‘yinlar 2 ta futbol maydonida 8 ta jamoalar hamda 2 ta hakamlar ishtirokida, 7:7 shaklda o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, ushbu uchrashuv Buyuk Britaniyada yashovchi hamyurtlarimiz o‘rtasidagi birinchi yirik sport musobaqasi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, o‘zbek jamiyatining birdamligini mustahkamlash yo‘lidagi katta qadam bo‘ldi.
O‘yinlar shiddatli, qiziqarli hamda bellashuvlarga boy o‘tdi. Xususan, o‘yinlarda “Galacticos” jamoasi 3 o‘rin, “Legend” jamoasi 2 o‘ringa sazovor chiqdi.
“Urpolvon United” jamoasi esa, mutlaq g‘olib sifatida maxsus kubikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “Galacticos” jamoasi vakili Umid Akromov musobaqa davomida faol va eng ko‘p gol urgan (umumiy hisobda 4 ta) ishtirokchi sifatida taqdirlandi.
Quyida jamoalar suratlarini ko‘rishingiz mumkin.

Mavzuga oid
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
09:20 / 28.02.2026
Londonda uchrashuv: O‘zbekiston va BP neft-gaz imkoniyatlarini o‘rganadi
09:50 / 27.02.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashdi
16:41 / 26.02.2026