AQSh Xitoy kompaniyalariga importni taqiqlash bilan tahdid qildi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan Pekin AQShning bir tomonlama sanksiyalariga qarshi chiqishini aytdi va Vashingtonni “Xitoyning huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslikka” chaqirdi.
Vashingtonning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga rioya qilmagan Xitoy kompaniyalari qora ro‘yxatga tushishi mumkin, deb xabar berdi The New York Times.
“Rossiyaga yarimo‘tkazgichlar va boshqa zamonaviy texnologiyalarni yetkazib berishda davom etayotgan kompaniyalarga Qo‘shma Shtatlardan jihozlar va dasturiy ta’minot sotib olish taqiqlanadi”, dedi AQSh savdo vaziri Jina Raymondo nashrga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydagi mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi eng yirik SMIC (Semiconductor Manufacturing International Corp) kompaniyasi qora ro‘yxatga kiritilgan, Xitoydagi boshqa kompaniyalar ham ham ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin.
O‘z navbatida, Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan Pekin AQShning bir tomonlama sanksiyalariga qarshi chiqishini aytdi va Vashingtonni “Xitoyning huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslikka” chaqirdi.
“Xitoy o‘z kompaniyalari va jismoniy shaxslari huquqlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi”, - dedi u.
Mavzuga oid
12:30
AQSh Su-35'ning Alyaska yaqinidagi «xavfli manyovri»ni tanqid qildi
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
22:02 / 01.10.2024
Qozog‘iston Xitoyga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana bir gaz quvuri qurmoqchi
21:19 / 01.10.2024