Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda yangi gaz-porshenli elektr stansiyasi ishga tushirildi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida gaz-porshenli elektr stansiyasi qurilishining 1-bosqichi yakunlanib, O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga 36,5 MVt quvvatda elektr energiyasi uzatish boshlandi.
Loyiha quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi (GPES) qurilishi 2021 yil avgust oyida boshlangan edi. Mart oyiga kelib qurilishning 1-bosqichi yakunlandi.
Yangi GPES to‘liq ishga tushirilgandan keyin yiliga 1,5 mlrd kVt*s elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Zamonaviy qurilmalarning energotejamkorligi hisobiga yiliga 800 mln kub.m. tabiiy gaz tejaladi. Bu 36 ming xonadonning 1 yillik gaz ta’minotiga to‘g‘ri keladi
Loyihaning umumiy qiymati 105 mln dollarga teng bo‘lib, qurilish 3 bosqichda amalga oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichi yakunlanib, 2 ta gaz porshenli agregat tizimi ishga tushirildi va O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga 36,5 MVt quvvat elektr energiyasi uzatishni boshladi. 2-bosqich yakunlangach, quvvat 73 MVt.ga yetkaziladi.
Xorazmda GPES qurilishi 2021 yil iyul oyida qabul qilingan prezident qarorida belgilab qo‘yilgan edi. Hujjatga asosan, Turkiyaning «Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş.» kompaniyasi quvvati 174 MVt bo‘lgan GPES qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi.
Buning uchun «Odaş Enerji SA» MChJ loyiha kompaniyasi tashkil etilgan. Qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida u 1,3 mln dollar miqdorida bank kafolatini taqdim etgan.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va loyiha kompaniyasi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ham imzolangan. Unga ko‘ra, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi va to‘lovni milliy valutada amalga oshiradi.
Loyiha 2022 yil yoziga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. U to‘liq ishga tushirilgach, 60 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid
13:33 / 27.11.2025
Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste’molchidan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
07:28 / 11.11.2025
6 million uy uchun elektr: Dogger Bank dengiz shamol parki ishga tushmoqda
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
11:00 / 08.11.2025