Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notariuslar tomonidan undiriladigan to‘lovlarning miqdori o‘zgardi
Adliya vaziri tomonidan “Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyruq imzolandi.
Hujjat prezidentning «Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining «Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.
Garov (ipoteka) va lizing shartnomalarini tasdiqlash uchun haq miqdori barcha shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha kamaytirildi. Ilgari, jismoniy shaxslar uchun 20 foiz va agar bitta tomon yuridik shaxs bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizini tashkil qilgan.
Meros ishi bo‘yicha tushuntirishlar berish uchun to‘lanadigan haq miqdori ikki baravar ko‘paydi va endi bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizini tashkil qiladi.
Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tayyorlash tartibiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
- garov (ipoteka) va lizing shartnomalari loyihalarini tayyorlash uchun to‘lanadigan haq miqdori. Jismoniy shaxslar uchun (hamda bitta taraf jismoniy shaxs bo‘lsa) bu miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizini tashkil etadi. Ilgari, bu haq ikki baravar ko‘proq edi va 30 foizni tashkil qilar edi. Agar shartnomaning ikki tarafi yuridik shaxslar bo‘lsa, haq miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizini tashkil qiladi, oldingi tahririda bu miqdor tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lgan taqdirda qo‘llanilgan;
- barcha shaxslar (yuridik va jismoniy) uchun mulkni ijaraga berish shartnomalarini tayyorlash uchun haq miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizini tashkil qiladi. Ilgari, bu miqdor shartnoma taraflari kimligiga qarab farqlanardi. Jismoniy shaxslar uchun – 20 foiz, tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lsa – 50 foiz;
- merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma loyihasini tayyorlash uchun endi bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi undiriladi. Ilgari, bu miqdor 20 foizni tashkil qilgan.
«Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi tekshirish yoki bu haqda ma’lumotnoma berish (har bitta mulk uchun) bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi undiriladi. Ilgari, agar shartnomaning tarafidan biri yuridik shaxs bo‘lsa, bu miqdor 25 foizni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
07:25 / 08.05.2026
Ko‘chmas mulk xaridorlarini avvalgi egasining qarzidan himoya qilish taklif etildi
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
10:47 / 24.12.2025