Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda yonilg‘i narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazildi
Qayd etilishicha, Ispaniya energiya narxlari o‘sishi bilan bog‘liq inflatsiya oqibatlariga to‘qnash keldi.
Madridda yonilg‘i narxlari oshishiga qarshi o‘tkazilgan namoyishlarda 150 ming kishi ishtirok etdi.
Yevronyus xabariga ko‘ra, namoyishchilar hukumatdan qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarga zudlik bilan yechim topishni so‘ragan.
Mamlakat energiya narxlari o‘sishi bilan bog‘liq inflatsiya oqibatlariga to‘qnash keldi. Qayd etilishicha, hozirda Ispaniyada inflatsiya 7,6 foizni tashkil etmoqda.
Yonilg‘i narxlari o‘sishidan norozi bo‘lgan yuk mashinalari haydovchilarining ish tashlashlari natijasida yuk tashish zanjiri uzilgan va supermarketlarda ayrim mahsulotlar tanqisligi paydo bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, yuk mashinalari haydovchilari va fermerlarning norozilik namoyishlari butun Yevropa bo‘yicha bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:17 / 19.01.2026
Eron hokimiyati namoyishlar vaqtida 5000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
21:00 / 13.01.2026