Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDRga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga chaqirdi
Pxenyan uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa sinovini o‘tkazgan. «Xvason-17» raketasi 6200 metr balandlikda ming kilometrdan ortiqroq masofani bosib o‘tgan va Yapon dengiziga tushgan.
AQSh BMT Xavfsizlik kengashini qit’alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazgani uchun Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.
Vashingtonning ushbu taklifini Fransiya va Buyuk Britaniya qo‘llab-quvvatladi, Rossiya va Xitoy qarshi chiqdi, deb xabar berdi “Yevronyus”.
Pxenyan 24 mart kuni uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa sinovini o‘tkazganini tasdiqlagandi. «Xvason-17» raketasi 6200 metr balandlikda ming kilometrdan ortiqroq masofani bosib o‘tgan va Yapon dengiziga tushgan.
Tokio yangi raketani «tahdid» deb atadi. Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisining so‘zlariga ko‘ra, snaryad 15 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishi mumkin, bu esa raketa AQShning har qanday nuqtasiga yetib borishini bildiradi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026