Jahon | 19:55 / 29.03.2022
13053
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkong aviakompaniyasi dunyodagi eng uzun aviareysni amalga oshiradi

Oraliq masofa 16 ming kilometrdan ortiq bo‘lib, yo‘lovchilar 17 soatga yaqin vaqt davomida parvoz qiladi. 

Foto: Getty Images

Cathay Pacific aviakompaniyasi Rossiya osmonini chetlab o‘tib Nyu-Yorkdan Hongkongga dunyodagi eng uzun aviareysni amalga oshira boshlaydi, deb xabar berdi Bloomberg

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar 17 soatga yaqin vaqt davomida parvoz qiladi.  

Aviakompaniya Ukrainadagi nizo bois yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, deb yozadi agentlik.

Ilgari Cathay Pacific samolyotlari Arktika va Rossiya orqali parvoz qilgan bo‘lsa, endilikda laynerlar Atlantika okeani, Buyuk Britaniya, Janubiy Yevropa va Markaziy Osiyo orqali uchishiga to‘g‘ri keladi. 

Oraliq masofa 16 ming kilometrdan ortiq bo‘lib, u dunyodagi eng uzun marshrutga aylanadi. Hozirda Singapore Airlines samolyotlari Singapurdan Nyu-Yorkkacha 15 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid