Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 134,5 ming kishi armiyaga chaqiriladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bahorgi armiyaga chaqiruv bo‘yicha farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 134,5 ming kishi armiyaga chaqiriladi.
Farmon matni Rossiya rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilingan. Unda yozilishicha, chaqiruv 1 apreldan 15 iyulgacha davom etadi. Uch oy davomida 134 ming 500 nafar 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan rossiyaliklar armiyaga chaqiriladi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bu yil o‘tgan yilgiga qaraganda kamroq odam armiyaga chaqirilishini aytgandi. O‘tgan yil 135 ming 650 kishi bahorgi chaqiruv doirasida armiyaga chaqirilgan. Rossiya mudofaa vaziriga ko‘ra, armiyaga chaqirilganlar hech qanday «qaynoq hududlarga» yuborilmaydi. Xizmatni yakunlaganlar zaxiraga olinib, yashash manzillariga jo‘natib yuboriladi.
Rossiya bosh shtabi rahbarining o‘rinbosari Yevgeniy Burdinskiyning ta’kidlashicha, bahorgi armiyaga chaqiruv Ukrainadagi harbiy harakatlar bilan bog‘liq emas, ularda faqat shartnoma asosida xizmat qiladigan harbiylar ishtirok etadi. Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilarning Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgani bilan bog‘liq holatlar kuzatilganini ma’lum qilgan, Putin bu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishga buyruq bergandi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026