Rossiyalik muddatli harbiy xizmatçilar ham Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
«Afsuski, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyada Rossiya qurolli kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötayotganlar ham iştirok etayotgani bilan boğliq bir neçta faktlar aniqlandi. Ularning deyarli barçasi Rossiyaga qaytarilgan. Logistik yordam vazifasini bajarayotgan bölinmaga qilingan hujum oqibatida bir guruh harbiy xizmatçilar, jumladan, muddatli harbiy xizmatçilar ham asir tuşgan.
Ayni damda muddatli harbiy xizmatçilarni jangovar harakatlar borayotgan hududlarga yuborişning oldini oliş va asir tuşganlarni qutqariş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda», deyilgan Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin muddatli harbiy xizmatçilarning Ukrainaga yuborilişi holatini tekşiriş böyiça harbiy prokuraturaga körsatma bergan. Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovning aytişiça, Putin harbiy harakatlarga muddatli harbiy xizmatçilarni yuboriş qatiyan man etilişi böyiça körsatma bergan va buyruq bajarilgani haqida hisobot qabul qilgan.
«Maxsus harbiy operatsiya boşlanişidan avval prezident muddatli harbiy xizmatçilarni Ukrainadagi har qanday vazifaga yuboriş taqiqlanişi töğrisida körsatma bergan edi. Unga buyruq bajarilgani haqida hisobot berişgan. Prezident topşiriği bilan bu buyruqni bajarmaganlarning harakatlariga huquqiy baho beriş uçun Boş harbiy prokuraturaga kerakli materiallar yuborilgan», dedi Peskov.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 mart kuni ayollarni tabriklab yöllagan videomurojaatida Ukrainadagi harbiy harakatlarda muddatli harbiy xizmatçilar iştirok etmayotgani va iştirok etmasligini aytgandi.













