O‘zbekiston | 07:09 / 02.04.2022
5918
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 2 aprel kuni ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi 

Toshkentda 2 aprel kuni motomavsum ochilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, 2 aprel kuni 19-motomavsum ochilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan motosayyohlarning tantanali yurishi paytida poytaxtdagi bir necha ko‘chalar soat 12:00 dan 13:00 gacha yopiladi.

Ushbu ko‘chalar:

  • "Novza" metrosidan Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor va Alisher Navoiy shohko‘chalari kesishmasigacha;  
  • Alisher Navoiy va Bunyodkor shohko‘chalari kesishmasidan Alisher Navoiy shohko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
  • Alisher Navoiy shohko‘chasi va Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan shu ko‘cha bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha;
  • Afrosiyob ko‘chasidan shu ko‘cha bo‘ylab Bunyodkor metro bekatigacha.

Bundan oldin Toshkentda tarovih namozlari o‘qilishi munosabati bilan masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid