Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya rahbari Kiyevga poyezdda yo‘l oldi
Ursula fon der Lyayyen Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Foto: twitter.com/Ursula von der Leyen
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen poyezdda Polshaning Pshemisl shahridan Kiyevga jo‘nab ketdi.
Xabar qilinishicha, fon der Lyayyen Kiyevga YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel, Slovakiya bosh vaziri Eduard Heger va qator yevroparlamentariylardan iborat delegatsiya tarkibida tashrif buyuradi.
U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Mart o‘rtalarida Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansh, Polsha va Chexiya hukumatlari rahbarlari Mateush Moravetskiy va Petr Fiala Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Ular o‘shanda G‘arbning boshqa yetakchilarini ham Kiyevga tashrif buyurishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
00:25 / 08.02.2026
TikTok foydalanuvchilarda qaramlik keltirib chiqaradi - Yevrokomissiya
21:23 / 31.01.2026
Klichko Kiyev aholisiga xavotirli murojaat bilan chiqdi
09:03 / 29.01.2026
Zelenskiy blekaut fonida Kiyev shahar ma’muriyatini tanqid qildi
12:04 / 24.01.2026