OChL. «Nasaf» 9 kishi bo‘lib qolgan «As Sadd»ni mag‘lub etolmadi

Foto: As Sadd
Osiyo Chempionlar Ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.
Ye guruhida «Nasaf» favorit «As Sadd» bilan bahs yuritib, 9 kishi bo‘lib qolgan raqibini mag‘lub etolmadi.
27-daqiqada Abdulkarim Hasanga birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Shahzod Akramovni to‘xtatib qolgani uchun qizil kartochka ko‘rsatildi. 31-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng Qarshi klubi hisobni ochdi — Husniddin Aniqulovning faolligidan keyin Pedro Korrea o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 55-daqiqada raqib ham burchak zarbasidan so‘ng to‘p kiritdi. 63-daqiqada esa avtogol muallifi Pedro qarshi hujumda qochib ketayotgan Oybek Bozorovni to‘xtatgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.
Qolgan vaqtda «Nasaf» ikki kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, tajribali raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida mezbon — Saudiyaning «Al Faysali» klubi Iordaniyaning «Al Vihdat» jamoasi bilan to‘qnash keladi.
OChL. Ye guruhi. 1-tur
As Sadd — Nasaf 1:1
8 aprel, «Shahzoda Muhammad bin Fahd»
Gollar: Bualem Huhi (55) — Pedro Korrea (31).
As Sadd — Mishaal Barsham, Pedro Korrea, Abdulkarim Hasan, Jung Vu Yung, Ali Asad (Tariq Salmon, 68), Bualim Xuhi, Akrom Afif (Salim Al Hajri, 81), Gilerme Torres, Santi Kasorla, Hasan Al Haydos (Muhammad Vaad Albayati, 68), Bog‘dod Buneja
Nasaf — Umid Ergashev, Dilshod Saitov, Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov, Alibek Davronov (Ivan Solovev, 75), Sharof Muhitdinov (Bahrom Abdurahimov, 67), Shahzod Akramov (Suhrob Nurulloyev, 46), Marko Stanoyevich, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Semir Smaylagich (Husayn Norchayev, 54).
Ogohlantirishlar: Semir Smaylagich (11), Suhrob Nurulloyev (50), Alibek Davronov (61), Pedro Korrea (61).
Chetlatishlar: Abdulkarim Hasan (27), Pedro Korrea (63).
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston | 20:09
-
Donald Tramp uchinchi bor AQSh prezidenti etib saylanishi mumkinmi?
Jahon | 19:49
-
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
Jamiyat | 18:55
-
Temu O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashi kerakligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 18:53
Mavzuga oid

21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi

00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi

21:16 / 02.10.2024