Toşkent viloyatining «Döstlik» stadionida ötgan bahsda Qarşi klubining çempionlik imkoniyati katta ekani sababli Qaşqadaryodan taşkiliy tarzda 10ga yaqin avtobuslarda muxlislar olib kelingan edi.
Şiddatli ötgan bahsning 35-daqiqasida boş hakam Ahrol Risqullayev kutilmaganda «Lokomotiv» himoyaçisi Ivan Rogaçni maydondan çetlatdi va qolgan daqiqalarda «Nasaf» maydonda bir kişi köp bölib öynadi.
73-daqiqada Akmal Mozgovoy supergoli bilan hisobni oçib, yakunda «Nasaf»ga muhim ğalaba va çempionlikni keltirdi – 1:0.
Şu tariqa, «Nasaf» 23 öyindan keyin 52 oçko jamğarib, çempionat yakuniga 3 tur qolganda muddatdan avval Özbekiston çempioniga aylandi. Röziqul Berdiyev şogirdlari öz tarixida ilk bor Superligada çempionlikni qölga kiritib, Toşkent klublarining 23 yillik gegemonligiga çek qöydi.
Bungaça «Neftçi» 2001 yilda Özbekiston çempioni bölgan, şundan keyin ötgan 23 yil davomida çempionlik faqat Toşkent klublariga nasib qilayotgan edi. Xususan, sönggi 5 yil davomida «Paxtakor» çempionlikni heç kimga bermay kelayotgandi. «Nasaf» 2025 yilda Özbekiston çempioni sifatida OFK Elit Çempionlar ligasida mamlakatimiz şarafini himoya qiladigan böldi.
Superliga. 23-tur
«Lokomotiv» - «Nasaf» - 0:1
Boş hakam: Ahrol Risqullayev
VAR hakami: Edita Mirobidova
Gol: Akmal Mozgovoy, 73.
«Lokomotiv»: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Abdulazizxon Abduraşidov (55.Anzur Ismoilov, 58), 3.Valeriy Kiçin, 4.Ivan Rogaç, 7.Sardor Abdunabiyev, 10.Şodiyor Şodiboyev, 15.Jasurbek Hakimov, 17.Sanjar Tursunov, 22.Muhammadanas Hasanov, 26.Abdulloh Yöldoşev, 70.Abubakrrizo Turdialiyev.
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Dilşod Komilov (8.Zafarmurod Abdurahmatov, 46), 6.Murod Rahmatov, 7.Akmal Mozgovoy, 10.Bobir Abdixoliqov (23.Kuaç Yuel, 79), 14.Şarof Muhitdinov, 19.Stefan Çoloviç, 22.Igor Golban, 28.Şuhrat Muhammadiyev, 32.Zoran Maruşiç (88.Marko Stanoyeviç, 79), 77.Oybek Bozorov.
Çetlatiş: Ivan Rogaç, 35 (L).







