“Temu böyiça dastlabki hisob-kitoblarga köra, 46 mlrd söm soliq tölanmagani aniqlandi. Biz e’tiroz xati berganmiz. Qaçon soliqni tölasa, ularning faoliyatini qonuniylaştirib beramiz”, dedi Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev.

Xitoyning Temu marketpleysi Özbekistonda blokdan yeçilişi uçun 46 mlrd söm soliq tölaşi kerak. Bu haqda Coliq qömitasi raisi birinçi örinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

«Biz internet orqali savdo qiliş tizimini töliq tahlil qildik. Tahlillar natijasida juda köplab elektron savdo taşkilotlari soliq tölamayotgani aniqlandi. Nafaqat Temu, balki Wildberries ham soliq tölamagan. Bu yerda savol tuğilyapti, nima uçun aynan Temu? Biz barça elektron platformalarga soliq majburiyatlarini bajariş böyiça ogohlantiriş xatini berganmiz», dedi u.

Şu bilan birga, Mirzayev Rossiyaning Wildberries marketpleysi allaqaçon 52 mlrd söm soliq tölab berganini aytdi.

«Temu böyiça dastlabki hisob-kitoblarga köra, 46 mlrd söm soliq tölanmagani aniqlandi. Biz e’tiroz xati berganmiz. Qaçon soliqni tölasa ularning faoliyatini qonuniylaştirib beramiz», dedi Mubin Mirzayev.

Eslatib ötamiz, Temu marketpleysi Özbekistonda 20 martdan e’tiboran bloklangan. Bu sanadan bir neça kun oldin Xitoy kompaniyasi öz oldiga qöyilgan asosiy talablardan biriga könib, Özbekistonda yuridik şaxs taşkil etgan. Ammo rasmiylar Temu'dan mamlakatda norasmiy işlagan davri uçun ham soliqlarni tölab qöyiş majburiyatini qöymoqda.