Jahon | 15:51 / 11.04.2022
4373
1 daqiqa o‘qiladi

Mask Twitter direktorlar kengashiga kirishga rozi bo‘lmadi

Milliarder o‘z qarori haqida direktorlar kengashiga rasman kirishi kerak bo‘lgan kuni ma’lum qilgan.

Foto: Reuters

Ilon Mask Twitter direktorlar kengashi tarkibidan o‘rin olishga rozi bo‘lmadi. Bu haqda Twitter bosh direktori Parag Agraval ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mask Twitter direktorlari bilan «ko‘plab munozaralar» o‘tkazgan, keyin esa ularning taklifini qabul qilmagan.

Milliarder o‘z qarori haqida direktorlar kengashiga rasman kirishi kerak bo‘lgan 9 aprel kuni ma’lum qildi, degan Agraval.

Mask kompaniya aksiyalarining 9 foizdan ortig‘ini sotib olganidan so‘ng Twitter unga kompaniya direktorlar kengashiga kirishni taklif qilgandi. 

Mask direktorlar kengashiga kirganidan so‘ng kompaniyadagi ulushini 14,9 foizdan oshira olmasdi, endi esa uning uchun bunday cheklov yo‘q, deb yozadi Bloomberg

Ilon Mask o‘tgan haftada 219 mlrd dollar boyligi bilan dunyoning eng badavlat odamiga aylangani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid