Tesla asosçisi Ilon Mask 219 mlrd dollar boyligi bilan dunyoning eng badavlat odamiga aylandi, deb xabar berdi Forbes.
U ötgan yili 151 mlrd dollar bilan badavlat odamlar reytingida ikkinçi örinni egallagandi.
Maskning boyligi 12 oy davomida 68 mlrd dollarga köpaydi. U şu tarzda Amazon asosçisi Jyeff Bezosni (171 mlrd dollar) ortda qoldirdi.
Maskning asosiy aktivlari Tesla kompaniyalari aksiyalaridir. Kompaniyaning 172,6 mln dona yoki 17 foiz aksiyasi hamda SpaceX kompaniyasining qariyb 44 foiz aksiyasi unga tegişli.
Biznesmen 2021 yil uçun 11 mlrd dollardan ortiq soliq tölaşini ma’lum qilgan.
Ilon Mask Forbes röyxatiga ilk bor 2012 yilda kiritilgandi. U öşanda 2,4 mlrd dollar bilan 190-örindan joy olgan.












