Xitoy TIV vakili AQShda ijtimoiy vaziyat yomonlashayotganini bildirdi
Xitoylik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hukumati irqiy kamsitish, jinoyatchilik va zo‘ravonlik kabi muammolarni zudlik bilan hal qilishi zarurligini isbotlaydigan ko‘plab faktlar mavjud.
Xitoy hukumati AQShda ijtimoiy vaziyat yomonlashayotganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma’lum qildi.
"Biz AQShda inson huquqlari sohasidagi vaziyat muntazam yomonlashib borayotganiga e’tibor qaratdik. Bu tizimli tusdagi surunkali muammo", - dedi u.
Xitoylik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hukumati irqiy kamsitish, jinoyatchilik va zo‘ravonlik kabi muammolarni zudlik bilan hal qilishi zarurligini isbotlaydigan ko‘plab faktlar mavjud. Van Venbin shuningdek, AQShning “boylar uchun foydali va kambag‘allarni jazolaydigan” yuridik tizimini zararli deb atadi.
"AQSh – oxirgi 20 yil davomida har yili o‘tochar qurollardan foydalanilgan holda yirik favqulodda hodisalar sodir bo‘lgan yagona rivojlangan mamlakat", - deya qo‘shimcha qildi u.
"Qo‘shma Shtatlarning boshqa mamlakatlarni inson huquqlarini buzishda ayblashga yetarlicha vakolati yo‘q", - deya xulosa qildi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
13:13 / 28.09.2024