Jahon | 18:43 / 23.04.2022
17972
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston bilan chegarada uch nafar pokistonlik harbiy halok bo‘ldi 

Oxirgi vaqtda ikki davlat chegarasida qurolli to‘qnashuvlar tez-tez kuzatilmoqda. 

Foto: Anadolu Agency

Afg‘oniston bilan chegarada uch nafar pokistonlik harbiy xizmatchi o‘qqa tutilish oqibatida halok bo‘ldi

Pokiston qurolli kuchlari matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea Shimoliy Vaziriston okrugining Devagar rayonida sodir bo‘lgan.

Keyingi haftalarda ikki davlat chegarasida qurolli to‘qnashuvlar tez-tez kuzatilmoqda.

Avvalroq Pokiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston hukumatidan pokistonlik chegarachilarga o‘q uzilishini to‘xtatish va ikki davlat chegarasidagi xavfsizlikni ta’minlashga chaqirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid