O‘zbekiston | 07:46 / 23.04.2022
9991
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand va Toshkent o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, Ramazon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish hamda transport xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini oshirish maqsad qilingan.

2022 yil 3, 4, 5 may kunlari Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida 767/768-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid