Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘istondan olib kirilmoqda
Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Foto: Kun.uz
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-mart oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 37,8 foiz.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Rossiya – 25,1;
- Braziliya – 11,9;
- Belarus – 4,2;
- Pokiston – 4;
- boshqa davlatlar – 22,5.
Qo‘mita 2022 yilning yanvar-mart oylarida yuqoridagi davlatlardan import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini ham ma’lum qildi.
Unga ko‘ra:
- Qozog‘iston – 309,7 mln;
- Rossiya – 205,2 mln;
- Braziliya – 97,5 mln;
- Belarus – 34,3 mln;
- Pokiston – 33,2 mln;
- Ekvador – 17 mln;
- Turkiya – 14,7 mln;
- Xitoy – 12 mln;
- Eron – 11,8 mln;
- Ukraina – 10,8 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
15:20 / 27.12.2025
Eksportga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlariga salomatlik sertifikati beriladi
08:55 / 27.12.2025
Eng ko‘p sanoat korxonasi oziq-ovqat va nometall mineral mahsulotlar sohasida
12:05 / 09.12.2025
O‘zbekiston avtobus va mikroavtobus importini deyarli uch barobarga oshirdi
09:21 / 04.12.2025